
Rossiyalik chempion qonli jangda raqibini nokautga uchratdi (video)
Professional boksning yarim og‘ir vazn toifasi (79,3 kg) WBC va IBF kamarlari egasi rossiyalik Artur Beterbiev Kanadaning Monreal shahrida o‘tkazilgan jang oqshomida da’vogar Markus Braunga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangning dastlabdi qismida boshlar to‘qnashuvi oqibatida Beterbiev peshonasidan jarohat oldi va qon keta boshladi. Shunga qaramay bahs davomida o‘zini irodasini namoyish ertgan Beterbiev raqibini 9-raundda nokautga uchratdi va o‘z statistikasini 17-0 (17 KO)ga olib chiqdi.
Fikrlar