
Roy Jonsdan ham jangga chorlov borasida ajoyib javob...
To‘rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons sobiq jahon chempioni Bernard Xopkinsning jangga chorlovini qabul qildi.
"Men tayyorman! Biz har qanday joyda va har qanday vaqtda uchrashishimiz mumkin. Men bu chorlovni e’tiborsiz qoldirmayman.
Aslida, bunday jang o‘tkazish imkoniyatini ko‘pdan beri kutgan edim. Shunday ekan, albatta jang qilamiz ”,- dedi Jons.
Rossiya boks federatsiyasining bosh kotibi Umar Kremlyov Moskvada bokschilar o‘rtasida uchinchi jangni o‘tkazishga tayyorligini bildirgan edi.
Fikrlar