
Ro‘yxatda kim etakchi? 2025 yilda hozirgi davrgacha eng ko‘p daromad qilgan sportchilar 10 taligi e’lon qilindi
Krishtianu Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p daromad qiluvchi sportchisi bo‘ldi.
"Forbes" jurnali dunyoning eng ko‘p daromad qiluvchi sportchilari reytingini tuzib, ularning "sport doirasidagi" (maoshlar, bonuslar, mukofotlar) va "sportdan tashqaridagi" (homiylik va boshqa bitimlar) daromadlarini hisobga oldi.
Eng yuqori o‘ntalik quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 275 million dollar (sportda 225 million + sportdan tashqarida 50 million);
2. Stiven Karri (basketbol) – 156 (100+56) million dollar;
3. Tayson Fyuri (boks) – 146 (140+6) million dollar;
4. Dak Preskott (amerika futboli) – 137 (127+10) million dollar;
5. Lionel Messi (futbol) – 135 (60+75) million dollar;
6. Lebron Jeyms (basketbol) – 133,8 (48,8+85) million dollar;
7. Xuan Soto (beysbol) – 114 (109+5) million dollar;
8. Karim Benzema (futbol) – 104 (100+4) million dollar;
9. Shoxey Otani (beysbol) – 102,5 (2,5+100) million dollar;
10. Kevin Dyurant (basketbol) – 101,4 (51,4+50) million dollar.
Fikrlar