Ro‘ziqul Berdiev "Lokomotiv"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng: Jamoamning o‘yinini yuqori baholayman

  • 17 avgust, 2019, 22:47
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi (1:0) o‘yindan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev bellashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Bugun tajribali jamoaga munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qildik. Biroq baribir tajriba va mahorat o‘z so‘zini aytdi. Bugun biz o‘z uslubimiz doirasida harakat qildik. «Lokomotiv»ga gol urish uchun kamroq imkoniyat yaratishga, ularning bo‘sh zonalaridan unumli foydalanishga, ularni to‘psiz qoldirishga intildik, ammo buni har doim ham eplay olmadik. Chunki «Lokomotiv»ning bir necha futbolchilari erkinroq o‘ynashdi. Gol o‘tkazib yuborgan vaziyatimizda futbolchilarim diqqatni biroz yo‘qotishdi va o‘sha vaziyat o‘yin taqdirini hal qildi.

- Jamoangizning o‘yinini qanday baholaysiz?

- «Lokomotiv»dek raqib bo‘lganidan keyin o‘yinimizni yuqori baholay olaman.

«Nasaf» ushbu raqibiga ikkala o‘yinda ham 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bunga qanday izox bera olasiz?

- Bizga sovuqqonlik etishmayapti. Qarshida bo‘lgan o‘yinni eslasangiz, munosib o‘yin namoyish qilib, ko‘plab vaziyatlar yaratgandik. Ammo o‘zingdan kuchliroq va tajribaliroq bo‘lgan jamoaga qarshi o‘yinda albatta gol urmasang, mag‘lub bo‘lishing aniq. Bugun shunday bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida biz ko‘plab vaziyatlar yaratyapmiz, biroq bulardan foydalana olmayapmiz. «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yinda ham shunday bo‘ldi.

- Superliga doirasida safarda o‘tgan eng qiyin o‘yin sifatida «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinni keltira olasizmi?

- Bu yil ligada kutilmagan natijalar ko‘p bo‘lmoqda. Ko‘p jamoalarning saviyasi tenglashayotgandek. Shuning uchun ham, nafaqat safardagi, balki uydagi o‘yin ham qiyin o‘tmoqda. G‘alabaga erishish uchun uy yoki safar deb ajratmasdan bor kuchni ishlatish kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shaxboz Bekmurodov
18/08/2019 02:54
Ro‘ziqul, bollarda jismoniy tomonlama ancha kuchsiz jamoda legioner yuxmi demak ko‘p harakat qilish kerak bollar charchab qolayabti hozzirgi lokani bemmalol yutsa bo‘lardi, siz lokani uzlarizdan kuchli deb o‘ylab bollarga xato yo‘l ko‘rsatgansiz xaddan ziyod ehtiyotkorlik mag‘lubiyatga olib kelayabti, yigitlar hujumga o‘tishga qo‘rqishayabti, essiz 3 achko
&
Sash
17/08/2019 23:18
Ruziqul aka 1-0 yahshi kotta hisobda yutqazmang. Kichik hisobdigi mag'lubiyatlar bn keturing zur.