
RPL. Bugun Erkinov va Yo‘ldoshev jamoasi o‘ynaydi
Bugun Rossiya chempionatida 5-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Unda legionerimiz Xojimat Erkinov harakat qiladigan "Torpedo" o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
19:30 da boshlanadigan "Orenburg" - "Torpedo" uchrashuvi "Match TV" telekanali orqali jonli namoyish etiladi.
Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘p tepadigan "Nijniy Novgorod" klubi o‘z uyida "Rostov"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin ham 19:30 da start olishi rejalashtirilgan. Bellashuvni "Match Premer" telekanali orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar