
RPL. Hojimat Erkinov jamoasi navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi
Rossiya Premer ligasi 16-turidan o‘rin olgan "Torpedo" - "Krilya Sovetov" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Fernando Kostantsa 34-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Sergey Pinyaev ikkinchi bo‘lim boshida oradagi farqni oshirdi. Hojimat Erkinov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi.
Shu tariqa, so‘nggi pog‘onadagi moskvaliklar hisobidagi ochkolar soni 6 taligicha qoldi. "Krilya" hisobida 20 ochko mavjud.
Fikrlar