Ruben Amorim oʻziga jamoa tanladi
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorim Portugaliya klubida ish boshlashi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, MYU sobiq ustozi o‘z yurtiga qaytishga yaqin. Manbada yozilishicha 41 yoshli mutaxassis Lissabonning "Benfika" klubida ish boshlashi mumkin. Portugaliyalik murabbiy agar Joze Mourinyo Lissabon klubini yozda tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rnini egallashga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Amorim yanvar oyining boshida mankuniyanliklar bilan shartnomasini bekor qilganidan so‘ng ishsiz yuribdi. U faoliyati davomida Portugaliyaning "Kaza Pya", "Braga" va "Sporting" klublarida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Amorim futbolchilik faoliyatida 2008-2017 yillar oralig‘ida "Benfika" klubi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar