
Rumin go‘zali chempionlik himoyasini boshladi
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep Parij shahrida o‘tayotgan Frantsiya ochiq chempionatidagi ilk uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Unga mazkur bosqichda avstraliyalik Ayla Tomlyanovich qarshilik ko‘rsatdi. O‘yinning ilk setini 6:2 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan Simona, ikkinchi setda 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Biroq so‘nggi hal qiluvchi setda rumin go‘zali o‘yin tizginini qo‘lga oldi va raqibiga bor-yo‘g‘i bittagina geymni sovg‘a qildi.
Shu tariqa "Katta dubulg‘a" turkumidagi "Rolan Garros" musobaqasining ikkinchi davrasiga yo‘l olgan Xalep, endi polshalik Magda Linettga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar