Runi yoki Keyn?

  • 3 may, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” klubining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand sobiq jamoadoshi Ueyn Runi va Londonning “Tottenxem” klubi hujumchisi Xarri Keynni o‘zaro taqqosladi.

“Runi o‘z ortidan jamoani ergashtira olardi. U o‘yin sur’atini o‘zgartirishi mumkin edi, bu hama futbolchining ham qo‘lidan kelavermaydi. Aynan mana shu narsa uni Keyndan ajratib turadi. Xarri g‘alaba qozona olmayotgan va g‘alaba qozona olmaydigan jamoada to‘p surmoqda”, - dedi Ferdinand Manchester Evening News nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Runi futbolchilik faoliyatini yakunlab, ayni damda murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!