Ruslan Ahmedov: "Xavfli vaziyatlar borasida mezbonlar ustunlik qilishdi, ammo..."

  • 10 sentabr, 2023, 16:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing qoldirilgan 13-turidan o‘rin olgan “Navbahor-farm” – “Xorazm” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Xorazm” jamoasi bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Odatdagidek, mehmonlar ustozi o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

Tecno

- Uchrashuv kutilganidek, og‘ir o‘tdi. Boisi, Pro liga jamoalari osonlikcha taslim bo‘lishmaydi. “Navbahor-farm” yosh jamoa va o‘yinidan kelib chiqib, fikr bildiradigan bilsak, turnir jadvalidagi o‘rni yuqoriroqda bo‘lishi kerak. Biz odatda safar uchrashuvlarida himoyaviy taktikani tanlaymiz va mazkur o‘yinda ham shunga asoslangan holda o‘yin namoyish etib, qarshi hujumlardan foydalangan holda, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldik.

Ushbu g‘alaba bilan “Xorazm” klubi vakillarini tabriklayman. 

O‘yin va xavfli vaziyatlar borasida mezbonlar ustunlik qilishdi, ammo biz o‘z imkoniyatimizdan samarali tarzda foydalangan holda zafar quchishga muvaffaq bo‘ldik.

“Navbahor-farm”ga keyingi bellashuvlarda omad yor bo‘lishini tilayman. 

- Pro liganing joriy mavsumi borasida nima deya olasiz? Boisi, mazkur ligada ko‘plab kuchli jamoalar joy olgan hamda Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda...

- To‘g‘ri, Pro liganing joriy mavsum bahslari ancha qiziqarli tarzda kechmoqda. Boisi, yaxshi infratuzilma va tarkibga ega, moliyaviy jihatdan baquvvat jamoalar ko‘p. Bunday jamoalarga qarshi kechadigan o‘yinlar esa yigitlarga kuchli motivatsiya beradi hamda mazkur raqiblarga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatishga intilamiz.

Ta’kidlash joizki, yurtimizda futbol ancha rivojlanmoqda. Shuning uchun Superliga va Pro ligada raqobat kuchli. Pro liga bahslari ham keskinlik borasida Superliganikidan qolishmayapti.

- Joriy  mavsumda “Xorazm”ning oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

- Jamoamizga 2-davradan boshlab, homiy ajratildi hamda moliyaviy muammolar sekin - asta bartaraf etilmoqda. Balki, ushbu homiy kelasi mavsumda qandaydir aniq vazifa qo‘yar?

Bu yilgi maqsadimiz esa Pro ligada munosib tarzda qatnashib, chiroyli futbol namoyish etish.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!