Rustam Ashurmatov Janubiy Koreyadagi dastlabki golini kiritdi

  • 20 aprel, 2019, 14:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Rustam Ashurmatov faoliyat olib boradigan "Gvanyu" klubi bu tur o‘z maydonida Javlon Ibrohimov to‘p tepadigan "Suvon Siti"ni qabui qildi. Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.

Tecno

E’tiborlisi, "Gvanyu"ning dastlabki goliga aynan Ashurmatov mualliflik qildi. Bu uning Janubiy Koreyadagi dastlabki to‘pi bo‘ldi. Rustam to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan bo‘lsa, Ibrohimov qaydnomadan o‘rin olmadi.

"K2" Liga. 7-tur

"Gvanyu"  - "Suvon Siti" 2:1

Gollar: Rustam Ashurmatov (13), Felipe (44 penaltidan) - Egbuchunam (72).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!