Ryudiger Nagelsmann bilan xayrlashdi
Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger Yulian Nagelsmannning milliy jamoa bosh murabbiyligi lavozimini tark etganiga munosabat bildirdi.
⠀
38 yoshli mutaxassis Jahon chempionati–2026dagi omadsiz ishtirokdan so‘ng iste’foga chiqqan edi. Germaniya terma jamoasi 1/16 finalda Paragvayga qarshi bahsda asosiy va qo‘shimcha vaqtni 1:1 hisobida yakunlab, penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan holda musobaqani tark etdi.
⠀
"Ishonchingiz, mehnatsevarligingiz va yuqori professionaligingiz uchun rahmat, murabbiy! Keyingi faoliyatingizda omad tilayman", — deb yozdi Madriddning "Real" klubi futbolchisi ijtimoiy tarmoqda Nagelsmanga murojaat qilib.

Fikrlar