
Sabina Sharipova tennis malikalari ro‘yxatida yuqoriladi
Xotin-qizlar tennis uyushmasi - WTA o‘zining yangi reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra reytingning kuchli o‘ntaligida o‘zgarish ro‘y bermadi. O‘tgan xafta kabi WTA reytingida ruminiyalik Simona Xalep, daniyalik Karolin Voznyatski va ispaniyalik Garbin Mugurusa shohsupaning yuqori pog‘onalaridan joy egalladi.
O‘tgan xaftada Xitoydagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi ikki pog‘ona yuqoriladi va 191-o‘ringa chiqib oldi.
Reyting WTA. 2018 yil 5 mart holatiga ko‘ra:
1. (1) Simona Xalep (Ruminiya) - 7965 ochko
2. (2) Karolin Voznyatski (Daniya) - 7525
3. (3) Garbin Mugurusa (Ispaniya)- 6175
4. (4) Elina Svitolina (Ukraina) - 5480
5. (5) Karolina Plishkova (Chexiya) - 5080
6. (6) Elena Ostapenko (Latviya) - 4941
7. (7) Karolin Garsiya (Frantsiya) - 4625
8. (8) Vinus Uilyams (AQSh) - 4277
9. (9) Petra Kvitova (Chexiya) - 3086
10. (10) Anjelik Kerber (Germaniya) - 3055
Fikrlar