Saloh, “Barsa”da senga nima bor?

  • 21 noyabr, 2021, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Glen Jonson jamoaning hozirgi to‘purari Muhammad Salohning “Barselona”ga o‘tishga tayyorligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Tecno

- Har doim biror yangilik qilish uchun vaqtni to‘g‘ri tanlash muhim. “Barselona”ning e’tibori har kimni qiziqtirishi tabiiy. Lekin hozir bu jamoa avvalgi mavqeini yo‘qotgan. Agar sen 23 yoshli futbolchi bo‘lganingda “Barselona”ga o‘tib, klub afsonasiga aylanishing mumkin.

Salohning yoshini inobatga olsak, unga “Barselona”da nima bor?    

Sen Kataloniyada ikki yil to‘p tepgandan ko‘ra, “Liverpul”da yana ikki-uch yil o‘ynab, klub afsonasiga aylaniging mumkin, - dedi Glen Jonson.

Misrlik hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilda yakunlanadi. Tomonlar yangi bitimga kelisha olmayotgani bois, Muhammad Saloh yozda boshqa jamoaga o‘tmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!