Saloh "Liverpul" safida premer-ligadagi 200-uchrashuvini o‘tkazmoqda

  • 4 fevral, 2023, 20:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatidagi yana bir marrani zabt etdi. APLning 21-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinda mersisaydliklar futbolchisi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Bu bahs misrlik hujumchi uchun Angliya premer-ligasidagi 200-uchrashuvdir.

Muhammad 2017 yilning avgust oyida "Uotford"ga qarshi o‘yinda ilk bora "Liverpul" libosida o‘ynagan. O‘shandan beri Saloh 199 ta o‘yinda 125 ta gol urgan.

Salohning yubiley o‘yini "qizillar" uchun omadli boshlanmadi. Birinchi bo‘limdan so‘ng jamoa 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lmoqda va turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!