
Saloh transferi Saudiya Arabistoni uchun Ronaldunikidan ham muhimroq! Nega?
Muhammad Saloh mavsum so‘ngida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin.
"Al-Ittihod" o‘tgan yozda "Liverpul" vingerini sotib olishga urinib ko‘rdi. Saudiya klubi 200 million funt sterling to‘lashga tayyor edi. Shunga qaramay, mersisaydliklar o‘z etakchisini sotishni istamadi.
Saloh kelasi yozda saudiyaliklarning asosiy transfer maqsadi bo‘ladi. Sababi, ular futbolchini qo‘lga kiritish uchun yangi reja tuzyapti, deya xabar bermoqda "Daily Mail" nashri. Qayd etilishicha, kelasi yili Yaqin Sharq klublari yangi kelganlar uchun kamroq pul sarflashni boshlaydi, biroq Muhammadning ishi bundan mustasno bo‘lishi kutilyapti.
31 yoshli futbolchi liga uchun "Al-Nasr"ga o‘tgan Krishtianu Ronaldudan ham muhimroq transfer maqsadi hisoblanadi. Sababi, misrlik hamon ajoyib sport formada va arab dunyosida juda mashhur.
Joriy mavsumda Saloh APLda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar