
Samarqandlik qizlar peshqadam (foto)
Birinchi liga ayollar futbol jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston milliy VII chempionatining 6-tur uchrashuvlari nihoyasiga etdi. Toshkent viloyatining Qibray tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, Samarqandning "Dinamo + W" jamoasi chempionatda yakka peshqadam bo‘lib turibdi. 2-o‘rinda Qarshining "Sevinch-2" jamoasi bormoqda. 3-o‘rin esa poytaxtning "Paxtakor W" klubiga nasib etdi.
Bugun turning so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. "Dinamo + W" jamoasi "Paxtakor W" ga qarshi maydonga tushdi. O‘yin 2:2 hisobida yakun topdi. Mazkur uchrashuvdan tayyorlangan fotoreportajni hukmingizga havola etishdan mamnunmiz:
Fikrlar