Sambo bo‘yicha Jahon chempionati Samarqandda o‘tkazilmaydi!

Kuni kecha Xalqaro sambo federatsiyasining Ijroqo‘m yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. 

Jumladan, shu yil noyabr oyida Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Jahon chempionati texnik sabablarga ko‘ra Toshkent shahrida tashkil etiladigan bo‘ldi. 

Shuningdek, avgust oyida Jahon kubogi Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tkazilishi haqida Ijroqo‘m qarorlari qabul qilindi. Bu haqida O‘zbekiston Sambo assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!