
"Sampdoriya" forvardi koronavirusga chalindi
"Sampdoriya" hujumchisi Manolo Gabbyadini koronavirusni yuqtirib oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli futbolchi topshirgan test natijalarida COVID-19 kasalligi topildi.
Futbolchining isitmasi baland, ammo u o‘zini yaxshi his etmoqda. Gabbyadini jamoadan ajratib qo‘yildi.
"Sampdoriya" a’zosi koronavirusni yuqtirib olgan A Seriyadagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq, "Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani kasallikka chalingani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar