Samvel Babayan ishsiz qoldi
Xitoy birinchi ligasida ishtirok etuvchi "Chanchun Yatay" jamoasi hamyurtimiz Samvel Babayanning iste’foga chiqqanini ma’lum qildi.
Bu haqida klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari xabar tarqatdi. Babayan ushbu klubni 2019 yil dekabr oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Bu vaqt oralig‘ida o‘zbekistonlik mutaxassis qo‘l ostida chanchunliklar 7 ta o‘yin o‘tkazgan va ularning 4 tasida zafar quchgan, 2 bor raqiblari bilan murosa ko‘chasi tanlangan bo‘lsa, 1 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Hozircha, Samvel Babayanning keyingi ish joyi ma’lum emas.



Fikrlar