Samvel Babayan "Navbahor" muxlislaridan uzr so‘radi

  • 21 iyun, 2024, 04:38
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Ko‘p gapirishga xojat yo‘q. Nimadir bo‘lyapti jamoaga. Omad kelmayapti.  Bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ammo foydalana olmadik. Ketma-ket 4 o‘yindan beri durang qayd etmoqdamiz. Tushuntirib berish mushkul. Albatta, tahlil qilyapmiz. Tinimsiz ishlayapmiz. Afsuski, biz raqibni burchakka qadashni uddalay olmadik. Xatto, bizdan bir nechta o‘yin komponentlarida kuchsiz bo‘lgan raqibga ham bosim qilishni uddalay olmadik. Afsuski, oldinga teng ochkolarni boy beryapmiz. Muxlislardan ular tuygan yoqimsiz hislar uchun uzr so‘raymiz. Chempionat o‘zining avjiga chiqdi. Menimcha, hammasini o‘nglash uchun imkoniyatimiz bor.

- Tashkilotchilik masalasidagi ayrim muhim masalalarni rahbariyat bilan kelishib olishimiz kerak. Nima bo‘lganda ham, kubok va chempionatda yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borish uchun raqobatbardosh tarkibga ega bo‘lish shart. Xozircha, katta zaxira o‘rindig‘iga ega emasmiz. O‘yinni kuchaytirish uchun maydonga tushayotgan futbolchilar bor kuchini bermoqda, ammo natijaga bu ta’sir qilmadi. 100 ta penalti tepsa, 100 ta gol uradigan futbolchi bugun noaniq zarba yo‘lladi. Vaholanki, mashg‘ulotlar va kichik turnirlarda bu borada unga etadigan yo‘q edi. Men uchun Namangandagi 3 yillik faoliyatimdagi eng yoqimsiz, va og‘ir vaziyat bu. Rahbariyat bilan suhbatlashgan xolda, vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz. Yana bir bor, muxlislar oldida natija uchun uzr so‘ramoqchiman. Ularning jaxli chiqqanini tushunish mumkin. Shunga qaramay, Navbahor bor, bo‘lgan va bo‘ladi!

- Davralar oralig‘ida asosan hujum chizig‘iga urg‘u beriladi. Gollar urmasak, natija yaxshilanmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sport2122
21/06/2024 13:32
Йукол ХАРОМИ арман
&
+998934037982
21/06/2024 12:40
Xullas baba urniga Kopadzeni olib kelish kerak.
Olimpiadadan sung
&
+998934037982
21/06/2024 12:39
Babayan ayt.
Oʻyin tugaganidan keyin muhlislar chaqirdik sani.kelolmadingku.tiraqi uyinchilaring ham kirib ketdi.
Turt besh uyinchi kelib uzr suradi.muhlidlar yeb quymadi ularni.