Sanjar Fayziev finalda o‘ynaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Tailandning Nontaburi shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Sanjar Fayziev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
 
Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollari bo‘lgan ushbu musobaqada Sanjar yarim final uchrashuvida  Xitoy Taypeyi vakili Yu Xsuniga qarshi kortga chiqib, har ikkala setda bir xil 6:2, hisobida zafar quchdi.
 
Shu tariqa finalga chiqqan S.Fayziev bosh sovrin uchun o‘tadigan o‘yinda yaponiyalik Renta Tokudo bilan kuch sinashadigan bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 9:30 dan so‘ng boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!