Sanjar Quvvatovni tabriklaymiz

  • 8 yanvar, 2017, 12:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Nasaf” jamoasining tajribali darvozaboni Sanjar Quvvatovning tavallud ayyomi kuni. Sanjar bugun 27 yoshga to‘ldi.
2016 yilga mavsumdan jamoamiz safida faoliyat yuritayotgan posbonimiz qisqa vaqt mobaynida jamoamiz muxlislarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi. U shu vaqt mobaynida “Nasaf” jamoasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Ishqibozlar undan bu yilgi mavsumda yanada yorqin o‘yinlar kutmoqda. Umid qilamizki, Sanjar Quvvatov bu ishonchni ortig‘i bilan oqlaydi.

Tecno

Fursatdan foydalanib, Sanjar Quvvatovni bugungi tug‘ilgan kuni bilan klubimiz rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha xodimlari hamda jamoamiz muxlislari nomidan qizg‘in tabriklaymiz!

Sanjarga avvalo mustahkam sog‘lik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz. Doimo futbol ishqibozlarining eng sevimli o‘yinchilaridan biri bo‘lib yurishiga tilakdoshmiz.

Tug‘ilgan kun muborak bo‘lsin!

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!