"Santos" sovuqqa chiday olmayotgan Gabigolni "Inter"dan qaytarib oladi

  • 2 dekabr, 2016, 09:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
"Santos" klubi prezidenti Modesto Roma yozda "Inter" tarkibiga borib qo‘shilgan Gabriel Barbozani ijaraga olishi mumkinligini ta’kidladi.
 
- Gabigolning "Inter"ga ko‘nikishi uchun vaqt kerak va uni qo‘llab-quvvatlashimiz darkor, - dedi Modesto Roma. - Hozir Milanda sovuq va bunday ob-havo Gabrielga qiyinchilik tug‘diradi. Men u bilan gaplashdim. Agar klubi rozi bo‘lsa, qishda uni ijaraga olamiz. Chunki Braziliyada qish engil o‘tadi.
 
"Inter" 20 yoshli braziliyalik futbolchi uchun "Santos"ga 29,5 million evro to‘lagan va bu transfer hozircha o‘zini oqlagani yo‘q. Gabigol joriy mavsumda atigi bitta uchrashuvda maydonga tushdi. "Inter" uni Italiyadan tashqaridagi jamoalarga ijaraga bermoqchi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!