Sardor Azimov: "Muxlislar kutgan o‘yinni namoyish qila oldik, deb o‘ylayman. Lekin..."
“Andijon” klubi OChL 2 doirasida Bahraynning “Al-Xaldiya” jamoasiga qarshi bahsda durang o‘ynagach, endi bor e’tiborini milliy chempionat uchrashuvlariga qaratgan.
Jamoaning etakchilaridan biri Sardor Azimov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
- “Andijon”ning “Al-Xaldiya”ga qarshi o‘yini borasida nimalarni ayta olasiz?
- Yaxshi, chiroyli o‘yin bo‘ldi. Muxlislar kutgan o‘yinni namoyish qila oldik, deb o‘ylayman. Lekin yutib bayram qila olmadik.
- Garchi uchrashuv durang bilan yakun topgan bo‘lsa-da, “Andijon”ning namoyish etgan o‘yini ko‘pchilikka yoqdi. Maydonda o‘ynagan futbolchi sifatida sizga ham manzur bo‘ldimi?
- Bizga faqat g‘alaba bo‘lganida manzur kelardi. Nasib shu ekan, keyingi safar albatta yutib ishqibozlarimizni xursand qilamiz.
- Qiziq tomoni, 3 ta turda ham 0:0 qayd etildi. Bunga qanday izoh berasiz?
- Bizga ham rosa qiziq bo‘lib boryapti. 3 ta uchrashuvda 3 ta durang. Biz albatta guruhdagi holatimizni yaxshilaymiz.
- Guruhdagi uchala raqib bilan o‘ynadinglar. Qaysi raqib kuchliroq ekan?
- To‘g‘risi, menga “Al-Ahli” bilan o‘ynagan o‘yinimiz bo‘ldi.
- “Andijon”ni endi Termizda Surxonga qarshi o‘yin kutyapti. Tayyorgarlik qanday va nima kutyapsiz?
- Uchrashuvdan keyin darhol “Surxon” bilan o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. Chunki taqvim tig‘iz. “Surxon”ga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman. Maqsadimiz bitta: g‘alaba bilan ortga qaytish. Nasib bo‘lsa, yutib qaytamiz.



Fikrlar