Sardor Azmun Rossiyaga boradi!

  • 10.08.2025 13:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Sardor Azmun Rossiyaga boradi.

Xabaringiz bor, 10 oktyabr kuni Volgogradda Rossiya va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuvga "Zenit"ning sobiq hujumchisi Sardor Azmun ham keladi. Bu haqda futbolchining agenti Mehdi Hagitali ma’lum qildi.

"Azmun Rossiyaga qarshi o‘yin uchun albatta Volgogradga keladi. U bu mamlakatni iliqlik bilan eslaydi va uni yaxshi ko‘radi", - deya agentning so‘zlarini keltiradi Sport24.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya chempionatida Sardor Qozonning “Rubin” va “Rostov” jamoalari sharafini himoya qilgan. Hozirda u "Shabab Al-Ahli" klubi futbolchisi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!