"Saturn"ning keyingi jang sanasi va raqibi ma'lum

  • 27.02.2026 21:05
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, 2 aprel kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida "Octagon 85" turniri bo‘lib o‘tadi.

E’tiborli­si, unda "Saturn" nomi bilan tanilgan O‘g‘abek Abdumuminov (4-0) ham ishtirok etib, qozoq­istonlik Kazbek To‘lan(1-0)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

Ma’lumot uchun, kechaning markaziy to‘qnashuvida hamyurtimiz Shoxasan Mirzamatov (16-4) hamda Qozog‘iston vakili Bogdan Pshebelskiy(7-2) yarim o‘rta vaznda chempionlik kamari uchun o‘zaro jang qilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!