Saudiya klubi Levandovskiga qancha maosh taklif qilganini bilasizmi?

  • 23 iyun, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tishni rad etdi.

Tecno

Meczyki.pl xabariga ko‘ra, Saudiya klublaridan biri 34 yoshli polshalik futbolchining agenti bilan bog‘langan. Levandovskiga yiliga 150 million evro maosh taklif qilingan. Biroq futbolchining o‘zi bu transferga qiziqmagan va muzokaralar olib bormagan.

“Barselona” forvardi o‘tgan mavsum La Ligada 34 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirib, chempionat to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!