Saudiya safari qimmatga tushdi: Messidan voz kechishdi!

  • 3 may, 2023, 17:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” rahbariyati jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish fikridan qaytdi, deb xabar tarqatdi L'Equipe nashri.

Tecno

Argentinalik yulduzning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Parijliklar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha o‘z takliflarini bergan va muzokarani davom ettirayotgan edi.

Yaqinda Messi Saudiya Arabistoni turizm elchisi majburiyatini bajarish uchun ushbu mamlakatga kelgandi. Keyinroq, futbolchi bosh murabbiy Kristof Galte va sport direktori Luish Kampush ruxsatisiz safarga chiqqani oshkor bo‘ldi.

Frantsuz matbuoti klub Messini ikki haftaga jamoadan chetlatganini yozmoqda. Argentinalik jurnalist Martin Arelo futbolchiga sanktsiyalar haqida hech qanday ma’lumot berilmaganini ta’kidlayapti.

PSJ qimmatbaho futbolchiga ish taklif qilayotgan Evropadagi ikki jamoadan biri edi. Messini qaytarishga urinayotgan “Barselona” hali transfer qilish imkonini topa olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!