
Saul Alvares "Bivol – Benavides" o‘rtasidagi potentsial jangda kim g‘olib bo‘lishini aytdi
Supero‘rta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares WBA yo‘nalishi bo‘yicha yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Dmitriy Bivol(23-0, 12 KO) va shu vazndagi WBC vaqtinchalik kamari sohibi Devid Benavides(29-0, 24 KO) o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
“Biz Benavidesni oxirgi jangida qanday harakat qilganini ko‘rdik. Shundan kelib chiqib, bo‘lajak to‘qnashuvda Bivol g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman”, – dedi meksikalik Fight Hub telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Bivol 12 oktabr kuni Artur Beterbievga qarshi jang o‘tkazishi kutilmoqda.
Fikrlar