
Saul Alvaresni kim mag‘lub qila oladi?
Olti vazn toifasida sobiq jahon chempioni Oskar de la Xoyya meksikalik Saul Alvaresni kim enga olishini aytdi.
"Devid Benavides "Kanelo"ni mag‘lubiyatga uchratadi. Chunki u haqiqiy yirtqich. Devid har raundda 50-55 ta zarba yo‘llaydi. Agar Saul o‘ng qo‘l "bomba" zarbasini aniq yo‘llashga muvaffaq bo‘lsa, Benavides nokautga uchrashi mumkin. Ammo men bu bahsda yosh, kuch va tezlik ustun kelishiga ishonaman", - dedi De la Xoyya "Fight Hub TV" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Saul Alvares so‘nggi jangida Edgar Berlanga ustidan g‘alaba qozongandi.
Fikrlar