
Sautgeyt: "Bizda Fillipsning o‘rnini bosa oladigan futbolchi futbolchi yo‘q"
Angliya "Evro-2024"ning ikkinchi turida Daniyaga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Dastlab, Keyn hisobni ochgan bo‘lsa, Yulmann ajoyib goli bilan imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. O‘yindan keyin esa jamoa bosh murabbiyi Sautgeyt o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, Fillips haqida gapirdi.
"Biz tajriba ortiryapmiz. Ayni paytda tarkibda Fillipsning o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchi yo‘q", - dedi 53 yoshli mutaxassis.
Kalvin Evro uchun terma jamoadan taklif olmadi. Yarim himoyachi "Manchester Siti"dan "Vest Xem"ga o‘yin amaliyoti tufayli ko‘chib o‘tgandi, lekin uning Londondagi ishlari ham yaxshi bo‘lgani yo‘q.
"Bolg‘achilar" Fillipsni sotib olish niyati yo‘q. Shu sababli, ingliz "shaharliklar" tarkibiga qaytgan. Ammo klub undan qutulish yo‘llarini izlamoqda.
Fikrlar