Se Su-Veyga omad kulib boqmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tayvanlik Se Su-Vey Parij shahrida o‘tayotgan "Rolan Garros" musobaqasining uchinchi davra yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Uning bu maqsadiga erisha olmasligiga germaniyalik Andrea Petkovich sababchi bo‘ldi. Se va Andrea mazkur turnirning ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi. Unda germaniyalik tennischi 6:4, 3:6, 6:8 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Petkovich Frantsiya ochiq chempionatining navbatdagi bosqichida avstraliyalik Eshli Barti bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!