Sen sardorlikka munosib emassan!
“Barselona” rahbariyati germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegenni sardorlik mas’uliyatidan ozod qilish borasida yakuniy xulosaga keldi.
Bosh murabbiy Xans-Diter Flik, sport direktori Deku va klub prezidenti Joan Laporta o‘zaro kelishgan holda tajribali posbondant sardorlik vakolatini oldi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, rahbariyat Mark-Andre ter Shtegenni sardorlikka munosib emas, deb topdi. Bundan tashqari, klubdagilar nemis golkiperining o‘zi tutishidan norozi bo‘lmoqda.
Xususan, ularga Mark-Andre jarohati haqida klub bilan kelishmagan holda o‘zicha bayonot bergani “Barselona” xo‘jayinlarini jumbushga keltirdi.
Avvalroq, bosh murabbiy Xans-Diter Flik o‘z hamyurtiga kelasi mavsum asosiy tarkibdagi joyi kafolatlanmasligini aytganidan keyin munosabatlar buzilgan edi.



Fikrlar