Senga yo‘l bo‘lsin, Ronaldу! Messi tarixiy jamoaga kiritildi

  • 07.09.2026 21:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning mashhur L’Équipe nashri barcha davrlar uchun «Yevropa chempionlar ligasi ramziy terma jamoasi»ni e’lon qildi. 

Ro‘yxatdan Lionel Messi o‘rin oldi, ammo turnir tarixida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu bu jamoaga kiritilmadi.

Ramziy tarkibni L’Équipe nashrining yetakchi jurnalistlaridan biri Vensan Dyulyuk tuzgan. U futbolchilarni tanlashda 1955 yilda yo‘lga qo‘yilgan Yevropa chempionlari kubogidan tortib, hozirgi Chempionlar ligasigacha bo‘lgan butun tarixni inobatga olgan.

Darvozabon: Rey Klemens («Liverpul»).

Himoyachilar: Dani Karvaxal («Real»), Frants Bekkenbauer («Bavariya»), Franko Barezi («Milan»), Paolo Maldini («Milan»).

Yarimhimoyachilar: Luka Modrich («Real»), Andres Inyesta («Barselona»).

Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona»), Yoxan Kroyf («Ayaks»), Jorj Best («Manchester Yunayted»), Al’fredo Di Stefano («Real»).

Yangi mavsum Yevropa chempionlar ligasi seshanba, 8 sentabr kuni start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!