
Serena uchun ilk o‘yin qiyin o‘tdi
AQShning Nyu-York shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "US Open" turnirining birinchi davra uchrashuvlari davom etmoqda.
Unda amerikalik Serena Uilyams hamyurti Kristi Anni 7:5, 6:3 hisobida engdi va Amerika ochiq chempionatidagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.
Endi Uilyams turnirning ikkinchi bosqichida rossiyalik Margarita Gasparyanga bilan raqobatlashadi.
Fikrlar