
Serena Uilyams raqibasini chap qo‘lida taslim etdi
Serena Uilyams AQSh ochiq chempionatining yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
U Nyu-York shahridagi musobaqaning chorak finalida bolgariyalik Tsvetana Pironkovani 4:6, 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
"US Open" turnirining yarim finalida S.Uilyams belaruslik Viktoriya Azarenko yoki belgiyalik Elize Mertens bilan kuch sinashadi.
Shuni ta’kidlash joizki, mazkur uchrashuvda Serena raqibasining to‘p uzatmasini chap qo‘lda qaytardi va ushbu javob zarbasi unga muvaffaqiyat olib keldi.
Fikrlar