Sergeev gol urgan bahsda jamoasi ishonchli hisobda g‘alaba qozondi
Qozog‘iston chempionatining 23-turidan o‘rin olgan "Tobol" va "Ordabasi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Asosiy tarkibda maydonga tushgan legionerimiz Igor Sergeev jamoasining ilk golini urishga erishdi. 59-daqiqada Sergeev o‘z o‘rnini Lobjanidzega bo‘shatib berdi.
Ma’lumot uchun, "Tobol" ayni damda 52 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar