
Sergey Fomin hamda Odil Karimov ham omadli start oldi
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "Shymkent Open" musobaqasi vakillarimiz uchun omadli o‘tmoqda.
Unda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sergey Fomin hamda Odil Karimov tandemi qozog‘istonlik Dmitriy Beborodov va Danil Ozernoyga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda hisob 3:2 bo‘lib turgan bir vaziyatda mezbon tennischilar uchrashuvni davom ettira olmasligini e’lon qildi.
Shu tariqa tennischilarimiz yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan navbatdagi uchrashuvda rus tennischilari Shalva Janashiya va Aleksander Igoshin bilan raqobatalashdigan bo‘ldi.
Fikrlar