
Server Ibragimov medallar uchun bahsda qatnashadi
Para atletlarimizning Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki davom etadi. Bundan biroz avval Server Ibragimov 10 metrga to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha saralashda ishtirok etdi.
Tajribali sportchimiz 6 ta urinishda jami 574 ochko to‘plagan holda saralashda 4-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Aytish kerakki, ushbu saralash bosqichida jami 27 ta sportchi ishtirok etdi. Finalga esa ular orasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 8 nafar sportchi yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, Server Ibragimov ishtirokidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 10:30 da boshlanadi. Hamyurtimizga omad tilaymiz.
Fikrlar