
Server Jeparov: "Natija o‘yinga mos bo‘ldi"
O‘zbekiston kubogining 1-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Olimpik" (0:0) uchrashuvidan so‘ng "Olimpik" murabbiyi Server Jeparov matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Umuman har ikki jamoa ham g‘alaba uchun jiddiy kurashdi. Gol kiritilmagan bo‘lsa ham, tomoshabop uchrashuv bo‘ldi deb ayta olaman.
Yakkakurashlar jiddiy tarzda kechdi, jamoalar maydonning har bir qismida keskin kurash olib borishdi. Durang adolatli natija. Hisob o‘yinga mos bo‘ldi", - dedi Jeparov.
Fikrlar