Serxio Ramos endi kontsert bermoqchi

  • 15.09.2025 16:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

 

Serxio Ramos "Real"ning uy stadionida kontsert bermoqchi. 

Avvalroq, madridliklarning sobiq himoyachisi "Cibeles" trekini chiqargandi. Qo‘shiq matnida Ramos klubga bo‘lgan muhabbatini ta’kidlab, Chempionlar ligasining 2013/14 mavsumidagi final bahsida 90+4-daqiqada urgan golini eslatib o‘tgandi. Ispaniyalik qo‘shiq matnida karerasining yakunida klub uni qo‘llab-quvvatlamaganini tanqid qilgandi. 

"Umid qilamanki, kelajakda "Santyago Bernabeu"da kontsert berish imkoniyatiga ega bo‘lsam, ajoyib bo‘lardi". 

Biroq biz bosqichma-bosqich harakat qilishimiz kerak",
- dedi ayni vaqtda "Monterrey"da to‘p tepayotgan Ramos. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!