Sesar Aspilikueta "Liverpul"ga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?

  • 13 avgust, 2019, 20:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Sesar Aspilikueta ertaga UEFA Superkubogi doirasidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Ushbu o‘yinda ishtirok etish uchun Evrokubokda g‘alaba qozonish kerak, bu esa juda qiyin vazifa. Superkubok uchun kurashish – kamdan-kam beriladigan imkoniyat. Shu bois biz ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy berishni xohlamaymiz. Ustiga-ustak “Chelsi” shu kungacha bir necha bor UEFA Superkubogida imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Biz bu o‘yinga bor e’tiborimizni qaratganmiz”, - deydi Aspilikueta.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Chelsi" uchrashuvi ertaga 14 avgust kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!