
Setora Normurodova navbatdagi sovrini sari olg‘a bormoqda
Tojikiston poytaxtida Xalqaro tennis federatsiyaisi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan "Grade 5" musobaqasida tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslari mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Angelina Folts rossiyalik Zlata Yankovskayani 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.
Shuningdek, o‘tgan haftadagi ushbu tasnifga kiruvchi musobaqada g‘olib chiqqan hamyurtimiz Setora Normurodova yana bir rus tennischisi Mariya Mixailovani 6:0, 6:1 hisobida taslim qildi.
Fikrlar