
“Sevilya” Marsyalni qo‘lga kirita olmasa, “Inter” hujumchisi bilan aloqaga chiqadi
Ispaniyaning “Sevilya” klubi Milanning “Inter”idan hujumchi Stevan Yovetichni o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki andalusiyaliklar rahbariyati jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishmoqchi. Chernogoriyalik futbolchi esa bu borada ajoyib tanlov sifatida baholanmoqda.
Ammo, baribir “MYu” hujumchisi Antoni Marsyal ispan klubining asosiy nishoni bo‘lib qolmoqda. Avvalroq, “Sevilya” frantsiyalik futbolchini ijaraga olishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar