
"Sevilya" sardori 13 yildan so‘ng, yana finalda o‘ynadi
"Sevilya" hujumchisi Xesus kecha "Inter"ga (3:2) qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Qizig‘i, Xesus 13 yillik tanaffusdan so‘ng, yana evrokuboklar finalida o‘ynadi. U so‘nggi marta 2007 yil "Espanol"ga qarshi kechgan finalda ishtirok etgan edi. O‘sha paytda ushbu turnir UEFA Kubogi, deb nomlangan.
“Sevilya” esa kechagi g‘alabadan so‘ng Evropa ligasini (UEFA Kubogi) 6-marta qo‘lga kiritdi.
Fikrlar