"Sevinch" — 17 karra O‘zbekiston chempioni!

  • 14.11.2025 12:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qarshining faxri, "Sevinch" ayollar jamoasi yana tarix yaratdi!

Tecno

Kuni kecha jamoa uchun Ayollar Oliy Ligasi o‘z nihoyasiga etdi. Qarshiliklar 27 tur natijasiga ko‘ra 79 ochko jamg‘arishdi va mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishdi.

Bu — “Sevinch” tarixidagi 17-chempionlik! Jamoa muxlislarini, futbolchilarni va butun Qarshi ahlini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!

Mavsum boshida “Sevinch” O‘zbekiston Superkubogini ham qo‘lga kiritgan edi. Endi jamoa O‘zbekiston Kubogi va Osiyo Chempionlar Ligasi (Women) guruh bosqichida o‘z ishtirokini davom ettiradi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi chempioni (17 marta):
2004, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2019, 2022, 2023, 2024, 2025.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!