Shahnоza Abdullaeva “Tour of Bostonliq” pоygasining ilk bosqichida g‘alaba qоzondi
Toshkentda veloshosse boʻyicha “Tour of Bostonliq” musobaqasi oʻtkazilmoqda. Ortda qolgan birinchi kun bahslari Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi uchun omadli oʻtdi.
86 km masofaga kechgan dastlabki bosqichda “7 Saber Uzbekistan Women Cycling Team” jamoasi a’zosi Shahnoza Abdullaeva marraga birinchi boʻlib yetib keldi va yetakchilikni qoʻlga oldi. Yurtdoshimiz masofani bosib oʻtish uchun 2:28:39 soat vaqt sarfladi. Finishda eng yaqin ta’qibchilari boʻlgan xitoylik sportchilarni 1 daqiqadan uzoqroq tafovut bilan ortda qoldirishga erishdi.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar