Vazn toifasidagi jahonning tengsiz bokschisi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Iordaniyada qizg‘in pallaga kirgan boks bo‘yicha litsenzion turnirda bugun, olti nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi.
Dastlab -52 kg vazn toifasidagi vakilimiz jahon va Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov chorak finalda eronlik Omid Ahmadisafa bilan yarim final bosqichiga chiqish hamda Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olish uchun jang qildi. Mazkur vazn toifasida 6 ta yo‘llanma o‘ynalmoqda. Shuning uchun, mag‘lub bo‘lgan bokschida ham o‘tish bahslarida ishtirok etib, yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud edi. G‘olibni esa yarim final bosqichida tailandlik Panmot kutib turibdi.
Birinchi raund teng kurashlar ostida o‘tgandek tuyulgan bo‘lsada, aniq zarbalar hisobida yurtdoshimiz bir bosh ustun edi va bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Qolgan raundlarda ham kutilganidek katta ustunlikka erishgan hamyurtimiz raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda g‘alaba qozondi va Olimpiada yo‘llanmasini naqd qilish bilan birga yarim final bosqichiga yo‘l oldi.



Fikrlar