
Shahram Ahadov Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turniri chempioni!
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shahram Ahadov faoliyatida birinchi bor “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi musobaqada g‘alaba qozondi.
-73 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan yurtdoshimiz Abu-Dabi turnirida murosasiz kechgan final bellashuvida kosovolik Akil Gyakovadan ustun keldi. Ushbu natija unga jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun 1000 ochko taqdim qiladi.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar